APL jamoasi Rafael Lean uchun 100 mln yevro bermoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted” “Milan” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leanni sotib olishni rejalashtirmoqda. Manchester jamoasi portugaliyalik futbolchi uchun 100 million yevro berishga tayyor. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya klubi o‘z yulduzini arzon narxda qo‘yib yuborishni istamayapti. Xabarlarga ko‘ra, “rossonerilar” Lean uchun 100 million yevrodan yuqoriroq narx belgilagan. Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” futbolchini jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor maqsad sifatida ko‘rmoqda. Britaniya OAVlarida “Yunayted” vakillari allaqachon Lean agentlari bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatganini haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

“Manchester Siti” va “Liverpul” ham Lean bilan qiziqayotgan klublar qatorida. Biroq “Milan” rahbariyati hozircha o‘zining eng qimmat futbolchilaridan birini sotish niyatida emas. Futbolchining kelajagi uning shaxsiy qaroriga ham bog‘liq, agar u Premer-ligaga o‘tishni ma’qul topsa, bu yozda eng yirik transferlardan biri amalga oshishi mumkin.

Lean 2019 yilda “Lill”dan “Milan”ga kelgan Lean tezkorligi, driblingi va gollari bilan tezda  jamoaning yetakchi futbolchisiga aylangandi. U joriy mavsumda ham muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatdi, xususan, “Fiorentina”ga qarshi bahsda g‘alabani ta’minlagan gol muallifi bo‘ldi. Futbolchining “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Rafael Lean joriy mavsum A Seriyada 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol muallifi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” “Milan” 100 million evro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing