APL. “Yunayted” “Sautgempton”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
27 avgust 2022
4650
Bugun, 27 avgust kuni futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasining 4-tur bahslariga start berildi. Kunning dastlabki uchrashuvida “Manchester Yunayted” “Sautgempton”ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limda ustunlik biroz bo‘lsa-da “Yuntayted” futbolchilarida bo‘ldi, ammo uchrashuvda hisob ochilmadi. Jamoalar 0:0 hisobida tanaffusga chiqdi.
Ikkinchi taym “qizil iblislar”ning hujumlar yomg‘iri ostida boshlandi. Avvaliga Elanga qulay imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib, Brunu Fernandesh qanotdan Diyego Dallot tomonidan uzatib berilgan to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga joylab qo‘ydi. Shunda so‘ng “Sautgempton” ham hujumdan o‘z omadini izlay boshladi. Biroq ayrim vaziyatlarda ularga omad yetishmagan bo‘lsa, ayrimlarida De Xea mahorat ko‘rsatib, “Yunayted”ni goldan qutqarib qoldi. Shu tariqa jamoalar qanchalik harakat qilishmasin hisob o‘zgarmadi va Manchester klubi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
“Sautgempton” – “Manchester Yunayted” 0:1.
Gol: 0:1 – 55 Brunu Fernandesh.
“Sautgempton” – Bazunu, Uoker-Piters, Salisu, Bella-Kochap, Jenepo, Elyunussi (Armstrong, 63), Uord-Prouz, Aribo, Lavia, Armstrong, Adams.
“Manchester Yunayted” – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines, Malasia, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktomini, Reshford, Sancho, Elanga.
LiveBarchasi