APL yangi mavsumiga tayyormisiz? Chempionat bugun start oladi

Sport

image

Bugun, 13 avgust kuni Angliya chempionatining 2021-22 yilgi mavsumi “Brentford” va “Arsenal” o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi.

Chempionlik uchun asosiy da’vogar jamoalar o‘yinlarini bir kundan so‘ng o‘tkazadi. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Lids”ni qabul qiladi, “Chelsi” “Kristal Pelas” bilan, “Liverpul” esa “Norvich”ga qarshi bahs olib boradi.

Turning markaziy uchrashuvi 15 avgust kuni Londonda o‘tkaziladi. “Tottenxem” amaldagi chempion “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi.

Mavsum avvalida bir qancha e’tiborga molik voqealar sodir bo‘ldi. O‘tgan yilgi to‘purar Xarri Keyn “Manchester Siti”ga transfer qilinishi kutilayotgan edi. Biroq londonliklar uni jamoada olib qoldi. Shaharliklar uning o‘rniga 100 million funt sterling evaziga “Aston Villa”dan Jek Grilishni olib keldi. 

Shuningdek “Chelsi” ham chempionlik uchun kurashmoqchi. Bu kurashda yordam berish uchun “Inter”dan Romelu Lukaku harid qilindi. “Aristokratlar” buning uchun 117 million funt sterling mablag‘dan voz kechdi. “Manchester Yunayted” esa Germaniyaning Dortmund  shahridan Jeydon Sanchoni taklif qildi. Kelishuv “qizil iblislar” uchun 73 million funtga tushdi. “Arsenal”, “Tottenxem” va “Liverpul” katta transferlarni amalga oshirmadi.

Ma’lumot uchun, “Brentfort” – “Arsenal” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Arsenal Manchester Siti Manchester Yunayted Liverpul' Tottenxem EPL

Baholaganlar

16

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing