APL tarixidagi eng yaxshi transfer aniqlandi

Sport

image

"Sky Sports" portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga o‘tganini Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi transfer deb topdi. 

2003 yilda forvard ingliz jamoasiga Portugaliyaning "Sporting" jamoasidan 12 million yevro evaziga o‘tgan. 

Hujumchi "qizil iblislar" safida 2009 yilgacha o‘ynab, keyin "Real"ga o‘tgan. 2018 yilda esa Turinning "Yuventus" klubiga o‘tgan Ronaldu hozirda shu jamoa safida to‘p surib kelmoqda. 

Eng yaxshi transferlar ro‘yxatining ikkinchi o‘rnida fransiyalik Terri Anrining 1999 yilda "Yuventus"dan "Arsenal"ga o‘tishi qayd etilgan. 

Fransiyalik futbolchi Erik Kantonaning 1992 yilda "Lids"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgani esa kuchli uchlikni yopgan.


Maqola muallifi

Teglar

transfer Ronaldu

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing