APL grandlarining chempionlik imkoniyatlari e’lon qilindi

Sport

image

31 mart kuni Angliya chempionatining 30-turi doirasida “Manchester Siti” hamda Londonning “Arsenal” klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Manchester shahridagi “Etihad Stadium”da bo‘lib o‘tdi. Manchesterlik Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgan uchrashuvda durang qayd etildi – 0:0.

Kecha bo‘lib o‘tgan yana bir bahsda “Liverpul” o‘z maydonida “Brayton”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kechagi o‘yinlardan so‘ng “Opta” statistik portali Premer-liga klublarining joriy mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Hozirda “Liverpul” APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” - “Arsenal” uchrashuvidagi golsiz durang “mersisaydliklar”ning Angliya chempionatida g‘olib bo‘lish imkoniyatini 48 foizgacha oshirdi.

“Man Siti”ning chempion bo‘lish imkoniyati 46 foizdan 34 foizga tushdi, “Arsenal”da esa chempionlik imkoniyatlari 19 foizni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Siti Liverpul' Angliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing