“Arsenal” ochko yo‘qotdi, “Siti” esa unga ancha yaqinlashib oldi. APLda raqobat avj olmoqda
Sport
−
26 yanvar 1597 3 daqiqa
Kecha, 25 yanvar kuni Angliya Premer-ligasining 23-turi doirasidagi uchrashuvlar yakunlandi. Turning markaziy bahsida “Manchester Yunayted” peshqadam “Arsenal”ni mag‘lub etdi. “Manchester Siti” ham o‘z maydonida “Vulverxempton”ni ishonchli hisobda taslim qildi. Arne Slot shogirdlari esa kutilmaganda safarda “Bornmut”ga imkoniyatni boy berdi.
“Arsenal” – “Manchester Yunayted” – 2:3. Markaziy uchrashuv juda dramatik kechdi. “Manchester Yunayted” safarda irodaviy o‘yin namoyish etib, peshqadam “Arsenal”ni mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
“Manchester Siti” – “Vulverxempton” – 2:0. “Shaharliklar” o‘z maydonida to‘liq ustunlik qildi va raqibiga deyarli imkoniyat qoldirmadi. “Siti” tarkibida Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi va himoyadagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘ldi.
“Byornli” – “Tottenxem” – 2:2. Teng va murosasiz o‘tgan bahsda jamoalar ochkolarni bo‘lishib olishdi. Uchrashuv so‘nggi daqiqalargacha keskinlikni saqlab qoldi.
“Nyukasl” – “Aston Villa” – 0:2. “Aston Villa” mehmonda ishonchli o‘yin va ikki gol evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida gollarga Emiliano Buendiya va Olli Uotkinslar mualliflik qildi.
“Kristal Pelas” – “Chelsi” – 1:3. “Chelsi” safarda Estevao Villian, Estevao Villian va Enso Fernandesning gollari evaziga g‘alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyat jamoaning turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshiladi.
“Brentford” – “Nottingem Forest” – 0:2. “Nottingem Forest” mehmonda muhim g‘alabaga erishdi va pastki o‘rinlar uchun kurashda katta ahamiyatga ega ochkolarni qo‘lga kiritdi.
“Vest Xem” – “Sanderlend” – 3:1. Londonliklar o‘z maydonida “Sanderlend” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar esa o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana olmadi.
“Fulxem” – “Brayton” – 2:1. “Fulxem” o‘z maydonida xarakter ko‘rsatib, qiyin o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi golni 90+2 daqiqada Xarri Uilson mualliflik qildi.
“Bornmut” – “Liverpul” – 3:2. Turning eng sensatsion natijalaridan biri ushbu uchrashuvda sodir bo‘ldi. “Bornmut” kuchli raqibiga qarshi jasorat ko‘rsatib, 90+5 daqiqada g‘alabani rasmiylashtirdi.
“Everton” – “Lids”. Bu uchrashuv bugun, 26 yanvar kuni kechqurun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnir jadvalida Londonning “Arsenal” jamoasi 50 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” 46 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda, “Aston Villa” esa xuddi shu ko‘rsatkich bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi. Angliya Premer-ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 31 yanvar sanasidan boshlanadi.
Live
Barchasi