APEX INSURANCE – sug‘urta kompaniyalari reytingida peshqadam

Biznes

image

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) e’lon qilgan O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining reytingda, APEX INSURANCE eng yuqori sifat bahosiAAA va 115 ball bilan birinchi o‘rinni ishonchli tarzda egalladi. 

APEX INSURANCE’ning yuqori ko‘rsatkichlari uning moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi va professional darajasidan darak beradi. Kompaniya to‘lovga qobiliyatlilik marjasining yetarliligi sug‘urta bozorida eng yuqori 1,7 miqdorda shakllangan. Bu esa uning yirik kapital zaxirasiga va har qanday sharoitlarda ham majburiyatlarini bajara olish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. 

APEX INSURANCE o‘z faoliyatini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘ygan. ISO 9001:2015 sertifikati kompaniyaning ichki biznes jarayonlari sifat va korporativ boshqaruv sohasidagi ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq tashkil etilganini tasdiqlaydi. 

APEX INSURANCE uchun raqamli xizmatlar – bu faqat texnologik yutuq emas, balki mijozlar bilan ishlashdagi asosiy ustuvorlikdir. CRM tizimining joriy etilishi, polislarni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati va 24/7 qo‘llab-quvvatlash xizmatlari mijozlarga qulaylik va ishonch bag‘ishlaydi. Sug‘urta hodisasi yoki kutilmagan vaziyat yuz bergan har qanday paytda mijoz kompaniya bilan tez va oson bog‘lana olishi kerak – shuning uchun ham APEX INSURANCE barcha raqamli kanallarda doimo aloqada. 

S&P Global Ratings tomonidan “Barqaror” prognozi bilan berilgan “BB-“ kredit reytingi esa kompaniyaning xalqaro maydondagi obro‘si va hamkorlar ishonchi uchun muhim mezon bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Bundan tashqari, milliy reyting agentliklar – “ Ahbor-Reyting” va “ SNS RATINGS” tomonidan APEX INSURANCE ketma-ket to‘rtinchi yil eng yuqori reytinglar uzA++ va (uz) AAA darajasi bilan e’tirof etilmoqda. 

Sug‘urta kompaniyalarining reytinglari iste’molchilar va biznes vakillari uchun o‘ziga xos yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘taydi: ular moliyaviy barqarorlik darajasi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va majburiyatlarni bajarish qobiliyati haqida xolis ma’lumot olish imkonini beradi.  Bu esa sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonchni oshiradi va mijozlarga ishonchli hamkorlarni dadil tanlashda yordam beradi. 

Xulosa qilib aytganda, APEX INSURANCE sug‘urta kompaniyalari orasida eng yuqori reytinglarga ega bo‘lib, o‘zini barqaror va mas’uliyatli sug‘urtalovchi sifatida namoyon etmoqda. Minglab mijozlarning ijobiy tajribasi esa kompaniyaga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlab, uning sug‘urta xizmatlarini tanlashda hal qiluvchi omilga aylantirmoqda.
Telefon: 1188

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

sug'urta APEX INSURANCE ILMA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing