Anjelina Joli BMTni falastinliklarga nisbatan adolatsizlikda aybladi

Olam

image

Amerikalik aktrisa va BMTning sobiq yaxshi niyat elchisi Anjelina Joli BMTning adolati ma’lum guruhlar uchun bo‘lib, qolganlarga ishlamasligi haqida gapirdi. Bu haqda “Anadolu“ agentligi xabar berdi.

Joli inson huquqlari jahon bo‘ylab notekis taqsimlangani, dunyo “ishbilarmonlik manfaatlari” asosida ishlayotganiga e’tibor qaratgan va buni “juda xunuk holat” deb atagan.

“Manfaatparastlik hatto oxirgi veto huquqiga ega bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotida ham birinchi o‘rinda. Har doim shunday bo‘lgan ”, deydi u.

Aktrisa, shuningdek hukumatlar, siyosatchilar va qaror qabul qiluvchilar va’da berishadi, deklaratsiyalar qabul qilishadi, lekin bu ko‘pincha "hech narsani o‘zgartirmaydi, deb hisoblaydi.

Uning fikricha, ko‘pchilik “mustamlakachilik tugagan” deb o‘ylaydi, aslida dunyoda yirik davlatlarning boshqa davlatlar ustidan bosqinchilik siyosati davom etmoqda.

“Rivojlanmagan mamlakatlarga nisbatan munosabat, ularning erkini bo‘g‘ish va ularga tegishli boyliklarni tortib olish har qachongidan ham yomonroqdir”, deya qayd etgan aktrisa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yahudiy davlati qochib qutuladigan joyi yo‘q aholini qamal qilib, ularni bombardimon qilmoqda. G‘azo sektorini begunoh bolalar va ayollarning qabristoniga aylantiryapti.

“O‘lganlarning 40 foizi begunoh bolalar. Butun oilalar qirg‘in qilinyapti. Dunyo e’tibor qaratayotgan bir paytda va ko‘plab hukumatlarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan millionlab falastinlik tinch aholi – bolalar, ayollar, oilalar birgalikda jazolanmoqda va ularga hayvondek munosabatda bo‘linyapti. Bu ham yetmagandek ular xalqaro huquqqa zid ravishda oziq-ovqat, dori-darmon va insonparvarlik yordamidan mahrum qilingan”, degan sobiq yaxshi niyat elchisi.

Anjelina Joli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga G‘azodagi vayronagarchiliklar suratini joylab:

“G‘azo qariyb yigirma yildan beri ulkan qamoqxona edi va endi begunohlar qabristoniga aylandi”, deb yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Anjelina Joli G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing