Putin vidolashish uchun Fransiyaga boradi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Fransiyaning sobiq Prezidenti Jak Shirak bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Fransiyaga tashrif buyuradi, deya xabar beradi Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASSga.

 Fransiyaning sobiq Prezidenti Jak Shirak 26 sentyabr kuni ertalab 86 yoshida o‘z yaqinlari qurshovida vafot etdi. 2005 yilda siyosatchiga yurak-qon tomir tizimi kasalligi tashxisi qo‘yildi. Katta qizining vafotidan keyin 2016 yilda uning sog‘lig‘i keskin yomonlashdi.

So‘nggi uch yil davomida u rasmiy marosimlarda qatnashmadi, tashrif buyuruvchilarni kamdan-kam qabul qildi. 30 sentyabr kuni Fransiyada umumxalq motam kuni deb e’lon qilingan, bayroqlar tushirilib, davlat idoralarida bir daqiqa sukut saqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Jak Shirak Frantsiyaga

Baholaganlar

195

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing