Antonining uyiga o‘g‘ri tushdi
Sport
−
09:41 239 2 daqiqa
“Real Betis”ning braziliyalik futbolchisi Antonining uyi Chempionlar ligasi o‘yini payti talon-toroj qilindi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Chiroyli kecha bo‘lishi kutilgan voqea g‘azab, qayg‘u va umidsizlikka aylandi. Uyim talon-toroj qilindi. Uyingizga begona odamlar bostirib kirishi qanday tuyg‘u ekanini tushuntirish qiyin. Biz erishish uchun juda ko‘p mehnat qilgan narsalarimizni, bu yo‘lda nimalarni boshdan kechirganimizni bilmaydigan odam hammasini tortib olganini anglash og‘ir”, deb yozdi Antoni Instagram sahifasida.
Manbaga ko‘ra, o‘g‘rilik joriy yilning 14 oktyabr kuni “Betis”ning Portugaliyaning “Portu” jamoasiga qarshi uchrashuvi vaqtida sodir bo‘lgan. UEFA Chempionlar ligasining ikkinchi bosqichi doirasidagi bahs Ispaniya klubining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
“Ammo eng ko‘p og‘riq va g‘azab keltiradigan narsa moddiy yo‘qotishning o‘zi emas. Bu o‘zimizni eng xavfsiz his qilishimiz kerak bo‘lgan joyda paydo bo‘ladigan ishonchsizlikdir. Oilangizga qarab, siz uchun eng qadrli insonlarning ko‘zlarida bunday voqea qoldirgan qo‘rquv va xavotirni ko‘rish juda og‘ir”, deya qo‘shimcha qildi futbolchi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Entoni 2025 yil sentyabr oyida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubidan “Betis”ga o‘tgan va uning Sevilya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr