Antirekord: Rossiyada bir haftada necha kishi koronavirus qurboni bo‘lgani aytildi 

Olam

image

So‘nggi yetti kun ichida Rossiyada koronavirus bilan kasallanish deyarli o‘sishdan to‘xtadi, ammo o‘lim holatlari bo‘yicha rekord to‘rtinchi hafta ketma-ket yangilanmoqda. Bu haqda Moskva tezkor shtabi ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.  

Qayd etilishicha, shtab so‘nggi yetti kun ichida 5 417 ta o‘limni qayd etgan. Bu pandemiya boshlanganidan beri yangi rekorddir. Oldingi rekord — 5 077 o‘lim esa o‘tgan hafta qayd etilgan. 

Shuningdek, Moskva meri Sergey Sobyanin bir oy ichida koronavirus bilan kasallanganlar va shifoxonaga yotqizilganlar avvalgi eng yuqori ko‘rsatkichlarga nisbatan ikki baravar kamayganini ma’lum qilgan. Biroq, uning ta’kidlashicha, Moskvadagi vaziyat qiyinligicha qolmoqda. 

Shahar meri koronavirus bilan kasallangan va emlangan har bir kishi haqida rasmiylar batafsil ma’lumot olishini qo‘shimcha qilgan. 

Avvalroq, Rossiya aniqlangan koronavirus holatlari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar bergandik.  

Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada 5 958 133 ta koronavirus kasalligi qayd etilgan. Ushbu davrda 148 419 kishi vafot etgan, 5 341 231 kishi sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'lim koronavirus

Baholaganlar

275

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing