Antikorrupsiya agentligi raisi o‘rinbosari 5,5 yilga qamaldi

Olam

image

Qozog‘iston sudi firibgarlikda ayblanayotgan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining sobiq o‘rinbosari Maqsat Kojaboyevni 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, katta hajmdagi firibgarlikda ayblangan Kojaboyevga nisbatan hukm Chimkentda o‘qilgan. 

Joriy yilning 9 yanvar kuni Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati Kojaboyev korrupsiya jinoyatini sodir etishda gumon qilinib, tergovgacha bo‘lgan harakatlar doirasida hibsga olinganini ma’lum qilgandi. 

Kojaboyev 2021 yil iyulidan 2022 yil apreligacha Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘tgan yillar davomida Chimkent shahar prokurori, Jambil viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing