Antikorrupsiya agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Olam
−
19 Oktabr 2023
5352O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Dilshod Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Dilshod Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga Adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sohibnazarov tayinlangandi.
LiveBarchasi