Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2023
8718Adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Soxibnazarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda BP matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan amalga oshirilgan. Soxibnazarov 2019 yilning yanvaridan buyon Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini boshqarib kelgan Dilshod Rahimov o‘rnini egallagan.
Shamsiddin Soxibnazarov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sobir Qurbonov Buxoro shahar prokurori lavozimiga tayinlangandi
LiveBarchasi