Anthropic foydalanuvchilarga neyrotarmoqni haqorat qilishni taqiqladi
Texnologiya
−
21:29 606 1 daqiqa
Anthropic kompaniyasi Claude sun’iy intellekt modellariga nisbatan “tizimli va asossiz ravishda haqoratli yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lish”ni taqiqlab, foydalanish siyosatini yangiladi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, cheklov “Foydalanish siyosati”ning joriy yil 12 noyabrdan kuchga kiradigan rejali yangilanishida joriy etilgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, yangi qoida odatiy norozilik kayfiyatlari, bahslar, “qorong‘i ijodiy mavzular” yoki modellarni testdan o‘tkazish va tadqiq qilish holatlariga daxl qilmaydi.
O‘tgan yilning yozida Anthropic kompaniyasi Claude Opus 4 va 4.1 modellari “ruhiy zo‘riqish tug‘diradigan” chatlarda muloqotni mustaqil ravishda to‘xtatish imkoniyatiga ega bo‘lgani haqida xabar bergan.
Shuningdek, kompaniya neyrotarmoqni taqiqlangan qo‘llash sohalari ro‘yxatiga aniqlik kiritgan va uni kengaytirgan. Xususan, Claude’dan saylovlarga aralashish, kuzatuv infratuzilmasini yaratish, qurolni boshqarish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish va jinoiy jarayonda qarorlar qabul qilish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning sun’iy intellekt tizimlari qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun fitna uyushtirish, xatolarni yashirish va yolg‘on gapirishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi