Antarktidada g‘alati, gigant “gumbaz” topildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Antarktidada Google Earth sun’iy yo‘ldoshi tomonidan g‘alati, gigant “gumbaz” suratga olindi. Bu haqda “Daily star” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 66 36 14 S/99 43 40 E koordinatali nuqtada sovuq qit’adagi qoyalar va qorlar orasida g‘alati narsa aniq ko‘rinib turadi. Ushbu holat tadqiqotchilar tomonidan YouTube’da videorolik shaklida e’lon qilingan. 

“Siz bu yerda gumbazga o‘xshash narsani ko‘rishingiz mumkin, yon tomonidan esa u diskka o‘xshaydi. Men unga qandaydir shamollatish vositasi sifatida qarayman, biroq bu katta yerga yopishgan disk ham bo‘lishi mumkin”, deydi tadqiqotchi. 

Tadqiqotchi, shuningdek qoyada shakllanayotgan ikkinchi jism haqida ham fikr bildirgan.

“Gumbazning o‘ng tomonida qor va muzga o‘xshash teshik mavjud. Bu dumaloq “gumbaz” yonidagi katta maydonga o‘xshaydi. Ushbu hodisani videoda ko‘rgan 40 mingdan ortiq kishi hayratda. Google Earth tomonidan topilgan ushbu sirli gumbaz nima ekanini hali hech kim tushuntirib bera olmadi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

gumbaz teshik

Baholaganlar

1229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar