Antarktida orollarida gul shaklidagi ko‘p qavatli bino quriladi (video)

Bu qiziq

image

Antarktidaning Triniti orolida qurilishi rejalashtirilgan gul shaklidagi Gaiga inshootining loyihasi taqdim etildi. Loyihani ishlab chiqaruvchi “Meta-future” kompaniyasi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida inshootning namunaviy ko‘rinishini taqdim etdi.

Yunon mifologiyasidan ilhomlanib, yaratilgan loyiha to‘liq jamoat binosi bo‘lib, bir nechta orolchalar markazida, suv ustida quriladi. Binoni qurishdan asosiy maqsad odamlarga ruhiy sokinlik va osoyishtalik bag‘ishlashdir. Gul ko‘rinishidagi binoning pastki qismi usti ochiq ayvon shaklida bo‘lib, yuqori qavat orolni to‘liq tomosha qilish imkonini beradigan 360 gradusga aylanuvchi xarakterga ega. 

Ma’lumot uchun, ushbu hududda 50 dan ortiq kichik orolchalar joylashgan. Triniti nomi 1901 –1904 yillar oralig‘ida Shvetsiya Antarktika Ekspeditsiyasi rahbari Otto Nordenskiold tomonidan 1820 yilda bu hududni kashf qilgan Edvard Bransfildning xotirasiga bag‘ishlangan. Triniti orolining uzunligi 24 km eni esa 10 kilometrni tashkil qiladi. 

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

orol arxitektura kelajak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing