Anqarada qalbaki spirtli ichimlikdan vafot etganlar 59 nafarga yetdi

Olam

image

Turkiyaning Anqara shahrida qalbaki spirtli ichimliklar tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni avvalroq, 54 deb e’lon qilingan bo‘lsa,  bu raqam endi 59 ga yetdi. Bu haqda “Karar” xabar berdi.

“Anqarada qalbaki spirtli ichimliklar tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 59 nafarga yetgan va 40 kishi reanimatsiyada davolanmoqda”, deyiladi xabarda.

Anqara Bosh prokuraturasi qalbaki spirtli ichimliklarning savdosi va ularning iste’moli oqibatida kelib chiqqan o‘limlar bilan bog‘liq tergovni davom ettirmoqda. Ishga Sud-tibbiyot ekspertizasi institutining qo‘shimcha toksikologik xulosalari kiritilgan. Hozirgacha tergov doirasida jami 28 nafar shaxs hibsga olingan, ulardan 25 nafari tergov davomida sud nazorati ostida ozodlikka chiqarilgan.

Ma’lum qilinishicha, Anqara Bosh prokuraturasi tomonidan “kontrabanda” va “qasddan o‘limga sabab bo‘lish” jinoyatlari doirasida olib borilgan tergov doirasida 28 nafar gumondor qo‘lga olingan, 25 kishi esa sud nazorati sharti bilan ozod qilingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, so‘nggi bir oy ichida Anqara va Istanbulning o‘zida 100 dan ortiq odam sifatsiz spirtli ichimliklardan halok bo‘lgan.

Rasmiylar qalbaki spirtli ichimliklarga qarshi tekshiruvlar kuchaytirilgani va aholi ehtiyot bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 30 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetgandi. Ularning ikki nafari ayol kishi. Qolaversa, Istanbulda qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Anqara qalbaki spirtli ichimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing