Turkiyada qalbaki alkogoldan zaharlangan o‘zbekistonliklar soni ortdi

Olam

image

Bugun, 30 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularning ikki nafari ayol kishi. Vafot etgan barcha fuqarolarning jasadini O‘zbekistonga olib ketish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, ba’zi fuqarolar davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqqan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etgandi. 18 yanvar holatiga ko‘ra, spirtli ichimlikdan zaharlanish sababli vafot etgan o‘zbekistonliklarning umumiy soni 17 nafarga yetgandi. Istanbulda qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonliklar qalbaki spirtli ichimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing