Bosh vazir o‘rinbosari Umurzoqov Turkiyaga bordi

Olam

image

Turkiya keng jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalashtirilyapti. Bu haqda kecha, 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘lu o‘rtasida uchrashuvda aytib o‘tildi.

Aloqalari tobora rivojlanib borayotgan ikki davlat rasmiylari koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotning turli oshalariga ko‘rsatayotgan ta’siri kamaytirish masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni Turkiyaning COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash strategiyasining yuqori samaradorligini ta’kidladi.

Turkiya tomoniga shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashda bir necha bor ko‘rsatgan yordami, xususan, Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonga 30 mingta himoya kostyumlari va 50ta o‘pkani sun’iy shamollatish apparatlari yuborilganligi, shuningdek, Anqara meriyasi tomonidan Toshkent shahar hokimiyatiga taqdim etilgan 250 ming niqob va 5 mingta dezinfeksiya vositasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Shu nuqtai nazardan, joriy yilning 19-20 fevral kunlari yuqori darajada bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Turkiya” strategik hamkorlik Kengashining birinchi yig‘ilishi mamlakatlararo hamkorlikning rivojlanishida boshlangan yangi bosqich ekani ta’kidlandi. Shuningdek, yaqin vaqtlarda Strategik rejalashtirish guruhining 2-chi yig‘ilishini va ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan so‘nggi uch yil davomida 147 ta loyihani amalga oshirish doirasida ko‘rsatilgan texnik yordamni yuqori baholadi.

Madaniy-gumanitar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi - Turkiya keng jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida Turkiya tomoniga tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirildi. Uchrashuv davomida belgilangan yo‘nalishlar doirasida hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya

Baholaganlar

90

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing