Anqara Daniyada Qur’on va Turkiya bayrog‘iga qilingan hujumni qoraladi

Olam

image

Turkiya Daniyada Qur’on va Turkiya bayrog‘iga qilingan hujumni qat’iy qoraladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligining bugun, 25 mart kuni bergan bayonotida ma’lum qilindi

"Biz kecha (24 mart) Daniyada tushdan keyin sodir etilgan Qur’on va ulug‘vor bayrog‘imizga qilingan shafqatsiz hujumni keskin qoralaymiz. Biz nafratga asoslangan jinoyat hisoblangan bu jirkanch harakat so‘z erkinligi nomi bilan oqlanganiga hech qanaqasiga rozi emasmiz. Ramazon oyida amalga oshirilgan ushbu harakat islomofobiya, kamsitish va ksenofobiya Yevropada tobora xavotirli darajaga yetganini va o‘tmishdan hech qanday saboq olinmaganini yana bir bor aniq ko‘rsatdi. Daniya rasmiylariga biz bu harakatni keskin qoralashimiz va norozilik bildirishimiz haqida xabar berildi", deyiladi bayonotda. 

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Daniya hukumatini "ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan zarur choralarni ko‘rishga va bunday provokatsiyalarning oldini olish uchun aniq choralar amalga oshirishga" chaqirgan. 

Ma’lumot uchun, 21 yanvar kuni o‘ng ekstremistik partiya rahbari Rasmus Paludan Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi Turkiya elchixonasi oldida Qur’onni ommaviy ravishda yoqib yuborgandi. U o‘z nutqida NATO, Turkiya va ushbu mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni tanqid qilgan, shuningdek, Muhammad payg‘ambarning karikaturasini namoyish etgan.

Paludan shunga o‘xshash aksiyalarni 27 yanvar kuni Daniya poytaxti Kopengagenda o‘tkazgandi. Ulardan biri Daniyadagi Rossiya elchixonasining konsullik bo‘limi binosi oldida uyushtirilgan.

Turkiya poytaxtida 16 mart kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining favqulodda sammitida qatnashgan davlat rahbarlari ham Yevropaning bir qator davlatlarida Qur’onni yoqib yuborilishini qoralagan edi. Ushbu sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishirok etdi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qur'on Anqara Turkiya bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing