Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi
Jamiyat
−
19 may
10243Ijtimoiy tarmoqlarda 7 ta yuk vagonining relsdan chiqib ketishi haqidagi video tarqaldi. "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJ holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur hodisa kecha, 18 may kuni "O‘zbekiston temiryo‘llari" AJga emas, balki "Chirchiq savdo baraka" MCHJga tegishli bo‘lgan shoxobcha temiryo‘lida sodir bo‘lgan. Bu yerda "BN Grain and Oil Group" MCHJ xodimlari ushbu vagonlardan yuk tushirish vaqtida, temiryo‘l qurilmasi “lebyodka” ishlash texnologiyasiga rioya qilmagan.
Shu munosabat bilan, mazkur yuk vagonlarini tushirish vaqtida yuqoridagi tashkilot xodimlari “lebyodka” yordamida (kerakli texnikaga rioya qilmasdan) vagonlarni tortib olishga uringan, qurilmadan tros uzilib, vagonlar harakatlana boshlagan.
Vaziyat davomida “BN Grain and Oil Group” MCHJ xodimlari vagonlar harakatini to‘xtatishga urinib ko‘rgan va natijada ikkita vagon (№95547865 va 95045464) g‘ildiraklaridan butunlay chiqib ketgan, yana beshta (№95407581, 95715165, 95404547, 95046207 va 95077327) yon tomonga ag‘darilib ketgan.
Bildirilishicha, hodisaning sababi qo‘shimcha qurilma – "lebyodka" yordamida ishlash texnologiyasining buzilishi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "Lebyodka" temiryo‘l vagonlarining omborlar va binolar yaqinidagi yuklash va tushirish joylarida harakatlanishi uchun mo‘ljallangan mexanizmdir.
LiveBarchasi