Angrenda SSSR Qahramoni monumenti tiklanadi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Angren shahar “Said Ota” mahallasida Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiya qarshilik harakatining faol a’zosi, Sovet Ittifoqi hamda Italiya milliy Qahramoni Fyodor Poletayev xotirasi uchun o‘rnatilgan monument restavratsiya qilinadi.

Mazkur monument 1972 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, 2014 yilda eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan.

“Hozirgi kunda ushbu Xotira maydoniga yangicha tus berish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan respublikaning mahoratli haykaltaroshi va mazkur soha mutaxassislari jalb qilindi. Xususan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti kafedra mudiri Xujaniyozov Rashid, haykaltarosh Raxmatov Rufat tomonidan ayni vaqtda Fyodor Andrianovich Poletayev byusti tayyorlanmoqda”, deyiladi Angren shahar hokimligi xabarida.

“Said Ota” mahallasidagi yangilangan Fyodor Poletayev monumenti joriy yilning 5 mart kuni ochiladi.

Ta’kidlash kerakki, fevral oyining boshida Rossiyaning Ryazan viloyati gubernatori Nikolay Lyubimov O‘zbekiston Hukumatidan asli ryazanlik Fyodor Poletayevning 2014 yilda buzilib ketgan monumentini qayta tiklashni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angren Fyodor Poletaev

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing