Angrenda Nexia bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Angren shahridadan o‘tuvchi  A-373 avtomobil yo‘lida Nexia bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 11 iyun kuni soat 22:30 larda Toshkent viloyati Angren shahar hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 180-kilometrida 1982 yilda tug‘ilgan haydovchi R.S. boshqaruvidagi Lacetti rusumli hamda 1962 yilda tug‘ilgan haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, zarb oqibatida Lacetti rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan, to‘qnashuv oqibatida Lacetti rusumli avtomobilning 1989 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi N.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing