Angrenda ko‘mir ortilgan poyezd vagonlari ag‘darilib ketdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 19 dekabr kuni soat 05:03da Toshkent viloyati Angren shahrida ko‘mir ortilgan yuk poyezdi ag‘darilib ketdi. Hodisa “Angren ko‘mir koni” hududida sodir bo‘lgan.

FVV xabariga ko‘ra, Angren shahridan 19 km sharqiy yo‘nalishda joylashgan “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Angren ko‘mir koni”ning (razrez) hududidagi temir yo‘lda 010-sonli lokomotiv sostav elektrovozning  siqilgan havosiz qolishi oqibatida, boshqaruvsiz harakatlangan va 1-yo‘lda harakatlanib ketayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga urilgan. Natijada jami 33 ta yuk vagonidan  20 ta vagon (010-sonli lokomotiv sostavidan 14 ta ko‘mir ortilgan yuk vagon va 017-sonli lokomotiv sostavidan 6 ta bo‘sh yuk vagoni) temir yo‘li izidan chiqib, ag‘darilgan. 

Hodisa oqibatida 010-sonli lokomotiv sostavi mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular “Temir yo‘l transporti” filiali huddudidagi Tibbiy yordam punktiga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Angren shahar shifoxonasiga yuborilgan. 

Mazkur holat oqibatlarini barataraf etish maqsadida voqea joyiga “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “Temir yo‘l transport” filialidan 2 ta yuk krani, 2 ta pogruzchik va 50 nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan. Bartaraf etish ishlari davom etmoqda. 

Sodir bo‘lgan xolat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ko'mir Angren

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing