Toshkent viloyatidan Samarqandga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2020
6304Ertaga, 15 oktyabrdan boshlab Angren – Olmaliq – Samarqand yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Transport vazirligi qoshidagi Uzautotrans service MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan avtobuslar ertaga soat 9:00 da Angren avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Soat 10:00 da esa Olmaliq avtostansiyasidan Samarqand shahri tomon yo‘lga chiqadi. Avtobuslar Bekobod shahri orqali qatnaydi.
Vazirlik xabarida Angrendan Samarqandgacha yo‘l haqi 50 ming so‘m etib belgilangani ma’lum qilingan. Olmaliqdan Samarqandgacha esa 45 ming so‘m to‘lash kerak bo‘ladi. Chiptalarni Angren, Olmaliq, Samarqand avtostansiyalari kassalaridan sotib olish mumkin.
LiveBarchasi