Angliyalik mashhur futbolchi “butsasini mixga ildi”

Sport

image

Angliya terma jamoasi va “Arsenal” klubining sobiq yarim himoyachisi Teo Uolkott futbolchilik faoliyatini yakunladi. Tegishli postni futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Mart oyida futbolchi 34 yoshga to‘ldi. Uolkott faoliyati davomida “Sautgempton”, “Arsenal” va “Everton”da o‘ynagan, “kanonirlar” tarkibida uch marta Angliya kubogi va uch marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

“10 yoshimda butsa kiyganim men uchun o‘zgacha sayohatning boshlanishi bo‘ldi. Do‘stlar bilan bog‘da futbol o‘ynashdan tortib, butun dunyo bo‘ylab katta olomon oldida eng katta stadionlarda o‘ynashgacha bo‘lgan davrni boshdan o‘tkazdim. Bu vaqt davomida menga ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash aql bovar qilmaydigan darajada bo‘ldi va men buning uchun chin dildan minnatdorman. Men ko‘plab buyuk futbolchilar bilan bir safda o‘ynadim va bizda unutilmas xotiralar ko‘p. Bu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan barchaga rahmat”, deb yozdi Uolkott.

Uolkott Angliya terma jamoasi safida 47 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Teo Uolkott

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing