Angliyada Tom Kruzning mashinasi va 140 ming dollarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketishdi

Madaniyat-san’at

image

Gollivud aktyori Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmida suratga tushish uchun Angliyaning Birmingem shahriga kelganida noma’lum shaxslar u uchun ajratilgan BMW X7 rusumli mashina va yukxonadagi 140 ming dollarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘rilar radio signal uzatgichi yordamida mashinaning elektron qulfini buzib, uni olib qochgan. Oradan bir necha soat o‘tgach, elektron kuzatuv tizimi tufayli mashina topilgan. O‘g‘rilar mashinani ko‘chaga tashlab ketgan, ammo pullar va aktyorning qimmatbaho buyumlari izsiz yo‘qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tom Kruzning o‘g‘irlangan buyumlari qiymati minglab dollarga, mashina esa 100 ming funt sterling (taxminan 1,5 mlrd so‘m) ga teng. Ammo aktyorni mashina emas, uning ichidagi pullari tashvishga solgan.

59 yoshli aktyor holatdan qattiq g‘azablangan, chunki “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmining suratga olinishi aktyor uchun “kutilmagan hodisalar”ga boy bo‘ldi. Dastlab, pandemiya tufayli filmning chiqishi kechiktirildi, shundan so‘ng suratga olish guruhi karantinga olindi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu filmining premerasi 2022 yilga mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tom Kruz

Baholaganlar

203

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing