Angliyada 15 yoshli bola 12 yilga qamaldi
Olam
−
16 iyun 2023
10171O‘tgan yilning oktyabr oyida Angliyaning Geytsxeddagi qo‘riqxonasi oldida 15 yoshli Leyton Amis 14 yoshli maktab o‘quvchisini o‘ldirishda aybdor deb topildi.
U Tomas Oleshakni pichoqlab o‘ldirgan. U sudda hujumdan keyin o‘zini himoya qilish maqsadida pichoq bilan harakat qilganini aytib, o‘ldirganini rad etgan.
Nyukasl Krovn sudi hakamlar hay’ati Amisni Tomasni o‘ldirishda va qasddan boshqa bolaga og‘ir tan jarohati yetkazishga urinishda aybdor deb topdi.
Nyukasl Krovn sudi hakamlar hay’ati sudyasi Spenser o‘zining ayblovini e’lon qilganidan so‘ng, uning shaxsini oshkor etshni taqiqlovchi cheklovini bekor qildi.
Angliya sudi 15 yoshli jinoyatchini 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish bo‘yicha hukm e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Mirobod tumanida 11-sinf o‘quvchisi sinfdoshini pichoqlab qo‘ygan edi.
Shuningdek, Toshkent shahri Yashnobod tumanida 21 yoshli yigit sevgan qizi to‘g‘risida yomon gaplar aytgan 20 yoshli tanishini pichoqlab qo‘ygach, Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan gumon qilinuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan edi.
Ibrohimjon G‘afforov