Angliya MTJ sobiq futbolchisi hibsga olindi

Sport

image

2010 yillarda Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq Premer-liga futbolchisi joriy yilning 30 noyabr kuni kechqurun Londonning Stansted aeroportida parvozga chiqishga urinayotganda Chegara qo‘shinlari tomonidan hibsga olindi. Bu haqda “The Standart” nashri xabar berdi.

Esseks politsiyasi ma’lum qilishicha, tergov futbolchining sobiq turmush o‘rtog‘i bir necha hafta oldin uni munosabatlari davomida zo‘rlashga uringanligi haqida shikoyat qilgani ortidan boshlangan. Ofitserlar futbolchining joylashuvi haqida ogohlantirilgan va uni hibsga olish uchun Stanstedga yetib kelgan.

Yuridik sabablarga ko‘ra futbolchining ismi oshkor qilinmagan. U mahalliy politsiya bo‘limiga olib borilib, barmoq izi, DNK namunasi olingan. Bir kecha davomida kamerada saqlangan futbolchi keyingi tergovgacha garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq “Formula-1” haydovchisi Adrian Sutil xalqaro politsiyaning muvofiqlashtirilgan operatsiyasi davomida firibgarlik va pul o‘g‘irlashda ayblanib, hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya hibsga olindi Prem'er-liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing