Angliya klublari transferlar uchun rekord miqdorda pul sarfladi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasi klublari joriy yozda transferlar uchun 1,5 milliard funt sterling sarflab bo‘ldi va bu tarixdagi eng rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda xalqaro “Deloitte” audit kompaniyasining ma’lumotlariga tayanib, ESPN nashri yozmoqda.

Qayd etish kerakki, bundan oldingi eng yaxshi natija 2017 yilning yozida kuzatilgan. O‘shanda ingliz klublari yangi futbolchilar xaridi uchun 1,4 milliard funt sterling sarflagan.

2022 yilning yozida sarflangan 1,5 milliard funt mablag‘ga Angliya jamoalari 135 nafar futbolchi xarid qilgan. Bu natija 2020 yilgi yozgi transferlarga qaraganda ko‘proq, ammo 2021 yildagidan (148) kamroqdir.

Premer liga klublari hozirga qadar narxi 30 million funt sterlingdan oshiq 14 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolagan. Bunday futbolchilar o‘tgan yozda atigi 8 nafarni tashkil qilgan. Joriy yozda eng yirik xaridni “Liverpul” amalga oshirgan. “Qizillar” hujumchi Darvin Nunes uchun Portugaliyaning “Benfika” klubiga  85 million funt (bonuslarni ham hisobga olgan holda) to‘lagan.

Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasi yopilishiga yana bir hafta muddat bor. Ya’ni, APL klublarning xarajatlari yanada ko‘payishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Prem'er ligasi

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing