Angliya klubi “Milan” a’zosi uchun 80 million yevro to‘laydigan bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Nyukasl” klubi Italiyaning “Milan” klubi a’zosi Sandro Tonali uchun 80 million yevro to‘laydi. Bu haqda futbol jurnalisti Janluka Di Marsio o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ingliz klubi yarim himoyachining transferi borasida “Milan” bilan kelishib olgan.

Angliya klubi futbolchi uchun bonuslar bilan birga umumiy 80 million yevro to‘laydi.

Tonali o‘tgan mavsumda A Seriyada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchi 2021 yilda “Breshiya”dan “rossonerilar” safiga kelib qo‘shilgandi. “Milan” bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. 

Ta’kidlash joiz, ortda qolgan mavsumda Stefano Pioli shogirdlari Yevropa Chempionlar ligasida yarim finalga qadar yetib bordi. Final oldi bahsda esa “Milan” hamshaharlari “Inter”ga imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan N'yukasl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing