Angliya klubi Mbappeni “Real”dan “ilib” ketishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Bola Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi bilan kelishuvda Mbappening ispan grandi forvardga taklif qilayotgan maoshining kamaytirilishidan noroziligi asosiy omil bo‘lishi mumkin. 

Qayd etilishicha, Kilian “qirollik klubi”ga o‘tish chog‘ida dastlab maoshini kamaytirishga tayyor edi, biroq “Real Madrid” rahbariyati moliyaviy sharoitni juda kam baholagan, bu esa muzokaralar yo‘nalishini tubdan o‘zgartirishi mumkin.

Shuningdek, Mbappe vakillaridan biri “Manchester Siti” bilan muzokaralarda ishtirok etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yoshli Mbappe “Real”da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lmasligi xabar qilingandi. Mbappening “Real” bilan shartnomasi 5-6 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchi bonus sifatida 50 million yevrodan ko‘p mablag‘ olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti PSJ Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing