Mbappe “Real”da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lmaydi

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Killian Mbappe Madridning “Real” klubiga o‘tsa, Vinisius va Bellingemdan ko‘p maosh olmaydi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mbappening “Real” bilan shartnomasi 5-6 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchi bonus sifatida 50 million yevrodan ko‘p mablag‘ olmaydi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Mbappe joriy mavsum PSJ safida umumiy 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 180 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Mbappeni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotgani xabar qilingandi.  “Qirollik klubi” 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma tuzishga nihoyatda yaqin turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Vinisius Bellingem Killian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made