Angliya klubi FIFAga “Barselona” ustidan shikoyat qildi

Sport

image

"Vest Bromvich" klubi "ko‘k-anorranglilar" ustidan FIFAga murojaat bilan chiqdi.

Klub FIFAning e’tiborini 16 yoshli angliyalik hujumchi Lui Barrining "Barselona"ga o‘tishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklarga qaratmoqchi. Barri iyul oyida "Vest Bromvich" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi va "Barselona"ga yo‘l oldi.

Ispaniya klubi FIFA tomonidan klublarga yosh futbolchilarni xarid qilish borasidagi o‘rnatilgan tartibga ko‘ra 235 ming funt to‘lashi kerak. "Vest Bromvich" shu orqali kompensatsiya undirib olmoqchi. Barri Angliyaning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasida 10ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol urgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona futbolchi

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing