Angliya chempionatining eng yosh klubi e’lon qilindi
Sport
−
21 iyul 2023 4972 1 daqiqa
Londonning “Chelsi” klubi Angliya Premer-ligasidagi eng yosh jamoalar reytingida 1-o‘rinni egallagan. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozir klubda 30 nafar futbolchi bor, ularning o‘rtacha yoshi – 23,8. Ushbu reytingda 2-o‘rinni “Brayton” jamoasi egalladi. Jamoa tarkibi o‘rtacha 24,5 yoshni tashkil etgan. Bu borada 24,8 yoshli ko‘rsatkich bilan “Byornli” 3-o‘rinda turibdi.

Qayd etish joizki, hozirda “Chelsi”ni argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino boshqarmoqda. 20 iyul kuni Pochettino qo‘l ostidagi jamoa dastlabki o‘yinini o‘tkazdi. AQSHning “Reksem” klubiga qarshi o‘yinda londonliklar raqiblaridan 5:0 hisobida ustun keldi.
“Chelsi” mavsumoldi navbatdagi o‘yinini 23 iyul kuni “Brayton”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin AQSHda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr