Andijonning ikki tumani va Samarqandning Urgutiga yangi soliqboshilar tayinlandi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
5688Andijonning Shahrixon, Oltinko‘l va Samarqandning Urgut tumanlariga yangi soliqboshilar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib Jasurbek Ro‘zimaxammat o‘g‘li Mashrapov tayinlangan.
Jasurbek Mashrapov 1989 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligiga ega.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Andijon viloyati Buloqboshi tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish sho‘basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida Soliq majburiyatlarining hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgandi.
Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib Botirjon Aripjanovich Hamidov tayinlandi.
Botirjon Hamidov 1978 yilda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2005 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha ingliz filologiyasi, huquqshunoslik mutaxassisliklariga ega.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi Xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha katta inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasida Soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib Akbar Asrorqulovich Almasov tayinlandi.
Akbar Almasov 1982 yilda Samarqand viloyatining Tayloq tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Tayloq tumani davlat soliq inspeksiyasi Nazorat sho‘basi davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 aprel kuni Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlangandi.
LiveBarchasi