Andijonga yo‘lga chiqqan poyezd nega to‘xtab qolgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatiga yo‘lga chiqqan poyezd bir soat to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati bu holat yuzasidan izoh berdi va yo‘lovchilardan uzr so‘radi. 

“Yurtimizda issiq havo hukmronlik qilmoqda. Buning natijasida, 2019 yil 16 iyul kuni soat taxminan 18.00 da Toshkent-Andijon yo‘nalishida harakatlanuvchi 62-sonli yo‘lovchi poyezdi elektrovozining elektr quvvatida uzilish kuzatildi. Natijada mazkur poyezd Kuchluk - To‘ytepa peregonining 36 km 5 piketida to‘xtab qoldi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida texnik nosozlik 1 soat ichida bartaraf qilingan hamda poyezd harakati yana yo‘lga qo‘yilgan. 

Xabarda berilgan ma’lumotga qaraganda, elektr tizimida uzilish bo‘lganda vagondagi konditsionerlar ishlamasligi hamda kunning issiqligi inobatga olinib, poyezd to‘xtagan vaqtida vagon eshiklari ochilib shamollatib turilgan hamda yo‘lovchilarga bepul salqin ichimliklar tarqatilgan. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati barcha yo‘lovchilardan bugungi yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi,- deyiladi izohda.


Maqola muallifi

Teglar

O'ztemiryo'lyo'lovchi issiq Poezd

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing