Andijondan so‘ng Namanganning bir qismi ham suvsiz qoldi
Jamiyat
−
11 yanvar 2021
3647Bugun, 11 yanvar kuni, Namangan viloyatidagi “Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootida D-1000 millimetrli yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bo‘lgani sababli, mazkur inshoot faoliyati soat 10:00 dan boshlab vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bu haqda Namangan viloyati Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Namangan shahrining Oromgoh dahasi, “1-Axsikent”, “2-Axsikent”, “Go‘zal”, “Chamanzor”, “Minchinor”, “Mustaqillik”, “Pahlavon”, “Nurobod”, “Sihatgox”, “Mehnatobod”, “Ishonch”, “Istiqbol” MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.
Xabarga ko‘ra, hozirda “Namangan suv ta’minoti” MCHJ Namangan shahar bo‘limi mutaxassislari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Avvalroq, Andijon viloyatida ham suv quvuri yorilib ketishi oqibatida aholining bir qismiga vaqtinchalik suv yetkazib berish ta’minotida uzilish yuzaga kelishi to‘g‘risida xabar bergan edik.
LiveBarchasi