Andijondagi “zapravka”da gaz portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
20 fevral
15272Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 20 fevral kuni soat 18:02 da Shahrixon tumani “Yangi Naynavo” MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida (propan) havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar tushgan. Soat 18:13 da voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan.
Bildirilishicha, havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda fuqarolarga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hodisa sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uyda gaz chaqnashi oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan edi. Surishtiruv harakatlari davomida fuqaroning yashash uyida o‘rnatilgan isitish pechidan gaz sizib chiqishi oqibatida xonada havo-gaz aralashmasi yig‘ilgani aniqlangan. Xonadon egalari yoritish chirog‘ini yoqqan paytda havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida II guruh nogironi I. T. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar


