Andijondagi YTHda 52 yoshli fuqaro va bola vafot etdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Marhamat tumanida yengil avtomobil va yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi. 

Ma’lum qilinishicha, Marhamat tuman “Oybek” MFY hududida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk mashinasi 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. 

Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, hodisa sodir bo‘lgan hudud yetarli darajada yo‘l belgilari bilan jihozlanmagan va yo‘llar tunda chiroqlar bilan yoritilmagan. 

Natijada Damas rusumli avtomashina haydovchisi va mashinada bo‘lgan ayolning voyaga yetmagan uch farzandidan biri olgan og‘ir tan jarohati natijasida vafot etgan. 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Damas Andijon Marhamat tuman HOWO

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing