Andijondagi tibbiyot birlashmasining UTT xonasiga kuzatuv kamerasi o‘rnatildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Shahrixon tibbiyot birlashmasiga qarashli  UTT (Ultratovush tekshiruvi) xonasiga kamera o‘rnatilganligi aks etgan video tarqalishi ortidan tuman birlashmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, haqiqatdan ham birlashma tomonidan 2024 yilda muassasada xodimlarning ish faoliyatini qat’iy nazoratga olish, bemorlar va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, sodir bo‘lgan noxush va kriminal holatlarni o‘rganishga aniqlik kiritish maqsadida barcha xonalarga kameralar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

"Hozirda muassasada kameralarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda UTT xonasiga o‘rnatilgan kamera ishchi holatida bo‘lmagan, texnik xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatish xonasining yo‘nalishini tushunmasligi oqibatida o‘rnatilgan. Ushbu holat bartaraf etildi va muassasada kameralar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joylar qayta o‘rganib chiqildi", deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qonda talaba qizlar yotoqxonasiga kamera o‘rnatganlar jarimaga tortilgan, prorektor esa ishdan bo‘shatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

kuzatuv kamerasi Shahrixon tibbiyot birlashma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing