Andijondagi shifoxona portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek bugun, 11 fevral kuni soat 11:30 da Andijon  viloyati Shahrixon tumani “Qoraqo‘rpa” MFYdagi shifoxonada portlash bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, portlash Chinobod ko‘chasida joylashgan 3 qavatli “Ziteriya” MCHJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida sodir bo‘lgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing