Andijondagi Shahrixonsoydan noma’lum qizning jasadi topildi (video)
3-sahifa
−
14 iyul
27138Andijon viloyatida sel oqibatida odam vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari kapitan Hayotbek Rahimov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham viloyatdagi Shahrixonsoydan voyaga yetmagan qizning jasadi topilgan. Hozirda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida bugun, 14 iyul kuni kuchli sel kelishi kuzatilib, Toloykon qishlog‘i va “Bo‘riboy-ota” dam olish maskanida bozor va yo‘llar suvga to‘lgandi. Voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi yetib borgan va joylarda qolib ketgan 420 kishi evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuchli sel tufayli Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabar berilgandi.