Andijondagi portlash qurboni chet el fuqarosi bo‘lib chiqdi
3-sahifa
−
14 fevral 2022
12964Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi xususiy klinikada yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan shaxs Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda qo‘shni davlat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
TIV xabariga ko‘ra, marhum 1966 yilda tug‘ilgan R.N. bo‘lgan. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining jasadi yaqin qarindoshlari tomonidan Qirg‘izistonga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi tibbiy markazida portlash yuz bergandi. FVV portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 11 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi