Andijondagi “Muruvvat” uyida nogiron bolalar kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” uyida bolalarning kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot kotibi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani “Muruvvat” bolalar internat uyida sodir bo‘lgan holat yuzasidan tegishli organ va tashkilot tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan.

“Birinchi navbatda, kamera yozuvlari qaysi sanaga tegishli ekanligi, unda qo‘pol xatti-harakatlari ko‘zga tashlangan xodimaning faoliyati bo‘yicha tekshiruvlar boshlandi. To‘liq va rasmiy shakldagi ma’lumotlar alohida e’lon qilinadi”, deyiladi munosabatda.

Manba Telegram-kanaliga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 12:05 larda internat uyining 6-guruhida sodir bo‘lgan.

Hozirda holatga qonuniy baho berish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon “Muruvvat” uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing