Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Andijondagi masjidda portlash bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 31 mart kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan masjidda gaz portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, soat 12:19 da “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududida joylashgan “Ahmadali hoji” jome masjidida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. 

Xabarga asosan, viloyat FVB rahbariyati va mas’ullar hodisa joyiga yetib borgan, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

FVV holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildirdi.

Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, portlash oqibatida tahoratxona binosi qulagan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida barcha mutasaddi mas’ullar yetib borgan, hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan va buning ortidan yong‘in chiqqandi. 27 mart kuni esa Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi 5 qavatli uning 2-qavatida joylashgan xonadonda to‘planib qolgan tabiiy gazning chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘ldi


Maqola muallifi

Teglar

masjid Andijon gaz portlashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing