Andijondagi xonadondan ikki bolaning jasadi topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon shahridagi xonadondan 3 va 8 yoshdagi ikki bolaning jasadi topildi. Andijon viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, Andijon shahar Zafar ko‘chasidagi uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘.ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ota-onasi bolalarni o‘g‘irlab ketilgan deb, qidiruvga bergan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Andijon

Baholaganlar

1394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing