Andijondagi bog‘chada 2 yoshli bola kaltaklandi. Bunga chora ko‘rildimi?
Jamiyat
−
29 mart 2023
8354Ijtimoiy tarmoqlarda 2 yoshli bola ayovsiz kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Mazkur videoda bola tanasining orqa qismida orttirgan jarohatlari ko‘rsatilgan edi. Holat bo‘yicha Andijon viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bolaga qo‘pol muomalada bo‘lgan xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Aniqlanishicha, ushbu holat Andijon shahar O‘zbekiston mahallasi O‘zbekiston tor ko‘chasi 26-uyda yashovchi fuqaro M.N. tomonidan noqonuniy tashkil qilingan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi bilan fuqaro M.N. o‘rtasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama bitim tuzilmaganligi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining ro‘yxatida mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.
“Andijon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ushbu hodisa bo‘yicha tegishli tashkilotlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun ma’lumotlar taqdim qilindi”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi