Andijondagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari soat 16:00 dan keyin ishlamaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Andijonda bugun, 27 oktyabrdan e’tiboran viloyat hududidagi jami 81 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (gaz-zapravkalar)ga tabiiy gazni yetkazib berish soat 16:00 dan keyin to‘xtatiladi. Gaz yetkazib berish soat 06:00 dan kech soat 16: 00 ga qadar amalga oshiriladi. Bu haqda “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, qish mavsumida tabiiy gazni yetkazib berishda texnologik rejim jarayonlaridagi gaz bilan bog‘liq ishlar bajarilishi munosabati bilan, viloyatga keluvchi tabiiy gaz bosimida pasayish kuzatilmoqda. Shu bois yetkazib berilgan tabiiy gaz taqsimotiga ko‘ra, tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratiladi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyatdagi mavjud avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish joriy yilning 27 oktyabridan har kunlik ertalab soat 06:00dan kech soat 16:00ga qadar belgilangan. 

“Viloyatimizdagi barcha haydovchilardan o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirishda har kunlik belgilangan 06:00 – 16:00 vaqt oralig‘ida gaz to‘ldirish ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, viloyatdagi mavjud 81 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari avtomobillarga mazkur vaqt oralig‘ida yoqilg‘i yetkazib berish quvvatiga ega ekanligi ta’kidlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing